Quyidagi hujjatlardan Vakolatli organ deb nimaga aytiladi? savoligi javobni topib ayt:…
- User
Quyidagi hujjatlardan Vakolatli organ deb nimaga aytiladi? savoligi javobni topib ayt:
3.Sertifikat vakolatli organ tomonidan tovarning mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganligini tasdiqlash maqsadida rasmiylashtiriladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi. 4.Tovarning mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganligini aniqlash maqsadida mazkur Nizomga1- ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ekspertiza oʻtkaziladi va sertifikat beriladi.
3.Sertifikat vakolatli organ tomonidan tovarning mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganligini tasdiqlash maqsadida rasmiylashtiriladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi. 4.Tovarning mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganligini aniqlash maqsadida mazkur Nizomga1- ilovaga muvofiq sxema boʼyicha ekspertiza oʼtkaziladi va sertifikat beriladi.
14.Vakolatli organ tomonidan mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilmagan hujjatlarni soʻrab olish taqiqlanadi. 15.Mazkur Nizomning 2-ilovaga muvofiq elektron arizada ma'lumotlar toʻliq hajmda koʻrsatilmagan hamda 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan hollarda, ariza koʻrib chiqilmaydi va bir ish kuni mobaynida kamchiliklarni batafsil koʻrsatgan holda rad javobi beriladi. Koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng arizani qayta topshirish mumkin. Qayta topshirilgan arizani avval koʻrsatilmagan kamchiliklar bilan qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
1.Ushbu Nizom Oʼzbekiston Respublikasida ariza berish tartibida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibini belgilaydi. 2.Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: ariza beruvchi — mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga sertifikat olish uchun ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʼullanuvchi va ixtiyoriy ravishda murojaat etuvchi tadbirkorlik subʼekti; vakolatli organ — «Oʼzbekekspertiza» aktsiyadorlik jamiyati; ishlab chiqarishni ekspertiza qilish — ekspert tomonidan ariza beruvchining ishlab chiqarishini mazkur Nizomda belgilangan tartibda oʼrganib chiqish; mahalliy ishlab chiqarilgan tovarni sertifikatlashtirish (keyingi oʼrinlarda — sertifikatlashtirish) — Oʼzbekiston Respublikasida tovarlarning mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganligini aniqlash maqsadida ekspertiza oʼtkazish jarayoni; mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʼgʼrisidagi sertifikat (keyingi oʼrinlarda — sertifikat) — tovarlarni mahalliy korxona tomonidan ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat (shu jumladan, elektron shakldagi hujjat); nMahalliy mahsulotlar va ishlab chiqaruvchilar reestri — mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʼgʼrisidagi sertifikatga ega mahalliy korxonalar va ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar roʼyxati; tovar — mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan har qanday mol-mulk; tovar turi — Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (keyingi oʼrinlarda — TIF TN) kodi 10 xonali darajada bir xil boʼlgan tovarlar; ekspert — vakolatli organning zimmasiga ekspertiza oʼtkazish, ekspertiza dalolatnomasi yoki ekspert xulosasi va sertifikatni rasmiylashtirish funktsiyasi yuklangan vakili; Yagona elektron axborot tizimi (YaEАT) — arizalarni yuborish, ularni qabul qilish va koʼrib chiqish jarayonlarining barcha bosqichlarini qamrab olgan vakolatli organning elektron axborot tizimi; oʼxshash tovarlar — funktsional maqsadi, qoʼllanilishi, sifati va texnik xususiyatlari boʼyicha taqqoslanadigan, TIF TN dastlabki 4 ta raqami bir xil boʼlgan tovarlar.
- Assistant
Vakolatli organ — bu "O'zbekekspertiza" aktsiyadorlik jamiyati bo'lib, u mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni sertifikatlashtirish, ya'ni tovarning mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganligini aniqlash va tasdiqlash jarayonlarini amalga oshiradi. U, shuningdek, ekspertiza o'tkazish va arizalarni ko'rib chiqishda belgilangan tartibda faoliyat yuritadi.